Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

“Globe Soccer Awards-2019”. Mukofotga daʼvogar barcha nomzodlar eʼlon qilindi

“Globe Soccer Awards-2019”. Mukofotga daʼvogar barcha nomzodlar eʼlon qilindi

Yevropa klublar assotsiatsiyasi (ECA) va Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi (EFAA) tomonidan topshiriladigan “Globe Soccer Awards” mukofotiga daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarning nomlari eʼlon qilindi.
“2019 yilning eng yaxshi futbolchisi” boʻlish uchun nomzodlar: Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Lionel Messi (“Barselona”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Muhammad Salax, Alisson, Sadyo Mane va Virdjil van Deyk (hammasi — “Liverpul”).

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi 3 yil davomida mazkur sovrin Krishtianu Ronalduga topshirilgandi.

“2019 yilning eng yaxshi murabbiyi” boʻlish uchun nomzodlar: Yurgen Klopp (“Liverpul”), Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi), Erik ten Xag (“Ayaks”), Jamel Belmadi (Jazoir terma jamosi) va Massimiliano Allegri (“Yuventus” 2018/19 yilgi mavsum).

“2019 yilning eng yaxshi jamoasi” boʻlish uchun nomzodlar: “Liverpul”, “Ayaks” va “Lion”ning ayollar jamoasi.

“Yil kashfiyoti” mukofoti uchun nomzodlar: Anssumane Fati (“Barselona”), Erling Xoland (“Zalsburg”), Jeydon Sancho (“Borussiya” Dortmund), Joau Feliks (“Atletiko”) va Kay Xaverts (“Bayer”).

Eslatib oʻtamiz, mukofotning taqdirlash marosimi 29 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oʻtkaziladi.



Manba : Globe Soccer Awards
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий