Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

Vadim Abramov "Lutfulla To'raev" va "Manchester Siti" haqida gapirdi

O'zbekiston terma jamoasi Yaman bilan bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bugungi mashg'ulotlarda Lutfulla To'raev ishtirok etmagani bois bosh murabbiydan bu haqda aniq malumot so'radik.

- Bir necha kundan buyon terma jamoa bilan shug'ullangan Lutfulla To'raev bugun "Bunyodkor" safida "Qo'qon-1912" bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushibdi...
- Lutfulla To'raevni "Bunyodkor"ga qo'yib yubordik, u Yaman bilan bahsda o'ynamaydi. Bilasiz yig'inda 25 nafar futbolchi bor, qaydnomadan esa 23 futbolchi joy oladi. SHu bois kecha 4 nafar o'yinchini bugun esa To'raevga javob berdik.

- Oldinlari terma jamoa futbolchilariga "Barselona" ishtirokidagi o'yinlarni namoyish etib berishingiz haqida eshitgandik. Bugungi kunda esa "Manchester Siti" o'yinlarini ko'rsatayotgan ekansiz. Bundan kelib chiqadiki siz uchun Gvardiola eng kuchli murabbiymi?
- Faqat "Siti" emas, "Liverpul", "Barselona" o'yinlarini ham ko'rsatayapmiz. Sababi ular bugungi kundagi eng kuchli jamoalar va bizning o'yinchilar ham ulardan o'rnak olishlarini istaymiz. Gvardiola boshchiligidagi jamoa deyarli hammani mag'lub etayapti to'g'rimi? Demak uning jamoasi hozir eng kuchlisi.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий