Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

Eldor SHomurodov: "Tanlash kerak bo'lsa, MYUga o'tmasdan Bundesligaga borardim"

O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodovga Bundesliga klublaridan takliflar bo'layotgani haqida manbaalarimiz xabar bermoqda.
O'zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga bugun etib kelgan Eldor SHomurodov saytimizga intervyu berdi va qator savollarga javob izlashga urinib ko'rdik.

Xususan "Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov unga bo'layotgan qiziqish va takliflar haqidagi savolga ham javob berdi.

"Ochig'i, Germaniyaning Bundesliga jamoasidan qiziqish bo'layotgani haqida eshitdim. Aynan qaysi klub ekanligini bilmayman. 

Ayni paytda barcha diqqat etiborim faqat va faqat "Rostov"ga qaratilgan. CHempionat yakuniga qadar boshqa taklif yoki qiziqishlarga chalg'imoqchi emasman. 

"SHalke" yoki "Manchester Yunayted"? To'g'risi, tanlash kerak bo'lsa, MYUga o'tmasdan Bundesligaga borardim. CHunki hali o'zimni katta jamoa darajasiga chiqdim, deya o'ylamayman. Bunday jamoaga tayyor holatda o'tish lozim. Yuqori saviyaga chiqish uchun vaqt talab etiladi. "Manchester Yunayted" ham yaxshi. Lekin Bundesligada o'ynashni afzal ko'rardim", - dedi SHomurodov. 
рейтинг:
  • Не нравится
  • +1
  • Нравится
Оставить комментарий