Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlandi. O'lim guruhidan joy oldik!

2020 yil 8-26 yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkokda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
SHu munosabat bilan bugun mazkur musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkazilmoqda. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlandi.

Qura mexanizmiga ko'ra, 16 jamoa to'rttadan 4 guruhga bo'linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi.


"A" guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn.
"B" guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya.
"C" guruhi: O'zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Eron.
"D" guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA.



Bilasiz, navbatdagi Olimpiada o'yinlari 2020 yil Tokioda tashkil etiladi. Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasi uchun Osiyoga mezbon Yaponiyadan tashqari yana uchta o'rin ajratilgan. Agar Yaponiya olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar etib borsa, unda to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa qo'shimcha imtiyozga ega bo'ladi.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий