Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 16:03 – Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jang sanasi ma’lum bo‘ldi 
  • 09:53 – Manba: Ronaldu mavsum so‘nggida «Yuventus»ni tark etadi 

Yana 17 o‘yin va Ronaldu rekord o‘rnatadi

Yana 17 o‘yin va Ronaldu rekord o‘rnatadi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralashida Serbiyaga qarshi o‘yinda (4:2) maydonga tushdi.

Bu uning terma jamoasi safidagi 159-o‘yini bo‘ldi. Ronaldu terma jamoa safida maydonga tushish borasida Yevropada 5-o‘rinda bormoqda. Undan oldinda Serxio Ramos (166), Iker Kasilyas (167), Vitaliy Astafyev va Janluiji Buffon kabi futbolchilar bormoqda.

Hozir o‘ynayotgan futbolchilar orasida ham Ronaldu 5-o‘rinda. Undan oldinda Badr Al-Mutva (Kuvayt, 171), Ahmad Muborak (Ummon, 171), Serxio Ramos (Ispaniya, 166) va Andres Guardado (Meksika, 162) kabi futbolchilar bor.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий