Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

OAV: «Barselona» tizimida koronavirusga chalingan ilk holat aniqlandi

«Barselona» tizimida koronavirusga chalingan ilk holat aniqlandi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi. Manbaga ko‘ra, kasallikning ilk simptomlari jamoaning Janubiy Amerika bo‘yicha bosh skauti Andre Kyurida ko‘ringan.

Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu xodim va uning xotinida infeksiya aniqlangan. Ular hozir San-Pauludagi o‘z uylarida bo‘lib turishibdi. Ularning har ikkisining o‘pkasi kasallangan. Bu paytgacha ular shifokor xizmatiga ehtiyoj sezilmagan edi. Chunki, nafas olish borasida ular muammoga duch kelishmagan.

Kyuri 2013 yilda Neymarning «Santos»dan «Barsa»ga o‘tishida muhim rol o‘ynagan edi. Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" koronavirus tufayli 13 martdan beri barcha faoliyatni to‘liq to‘xtatib qo‘ygan.
Manba: sport24.ru
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.