Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

A seriyaning davom ettirilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Italiya futbol federasiyasi (FIGC) prezidenti Gabriyele Gravina A seriyaning qolgan qismini o‘tkazish borasidagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi.

«Bir necha kundan beri chempionatni 2-3 may kunlari boshlash g‘oyasi ustida ishlayapmiz. Hafta o‘rtasida ham tur o‘yinlarini o‘tkazish orqali biz mavsumni 30 iyun kuni oxiriga yetkazishimiz mumkin. Ammo chempionat 10–17 iyul kunlari yakunlanishi mumkinligini istisno qilmayman.

Dastlabki rejaga ko‘ra, chempionatning dastlabki qismi muxlislarsiz o‘tkaziladi. Agar koronavirusni yengib o‘tsak, uchrashuvlarga muxlislar ham kiritiladi», — dedi Gravina "Radio Punto Nuovo"ga bergan intervyusida.
Manba: sport24.ru
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.