Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

CIES: Yevropaning eng qimmat tarkibga ega klublari reytingi e’lon qilindi

CIES Football Observatory ilmiy-tadqiqot markazi eng qimmat tarkibga ega bo‘lgan klublar reytingini e’lon qildi.

Tadqiqotda Yevropaning kuchli beshta chempionatlari — APL, La liga, Bundesliga, A seriya va Liga 1 chempionatlari klublari tahlil qilindi. Bunda har bir jamoaning transfer narxi eng qimmat 20 nafardan futbolchilari inobatga olindi.

Tadqiqotga ko‘ra, «Liverpul» eng qimmat tarkibga ega ekani aniq bo‘ldi. Mersisaydliklarning tarkibi 1,4 mlrd. yevroga baholandi. Kuchli uchlikka esa «Manchester Siti» (1,3 mlrd yevro) va «Barselona» (1,1 mlrd yevro) kirdi.

«Real», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari tarkibi narxi 1 mlrd. yevrodan ko‘proqqa baholandi.

Eng qimmat tarkibga ega klublar (top-10):

1. «Liverpul» (Angliya) – € 1,405 mlrd
2. «Manchester Siti» (Angliya) – € 1,361 mlrd
3. «Barselona» (Ispaniya) – € 1,17 mlrd
4. «Real» (Ispaniya) – € 1,1 mlrd
5. «Chelsi» (Angliya) – € 1,008 mlrd
6. «Manchester Yunayted» (Angliya) – € 1,007 mlrd
7. «Pari Sen-Jermen» (Fransiya) – € 979 mln
8. «Atletiko» (Ispaniya) – € 836 mln
9. «Tottenxem Xotspur» (Angliya) – € 787 mln
10. «Yuventus» (Italiya) – € 783 mln.
Manba: championat.com
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.