Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

UYEFA milliy chempionatlaridagi peshqadamlarini chempion sifatida tan olmoqchi

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) 17 mart, seshanba kuni o‘tkaziladigan yig‘ilishda koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan milliy chempionatlarini ham muhokama qiladi. Bu haqda "AS" xabar tarqatdi.

UYEFA chempion, yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritadigan klublar, shuningdek, yuqori divizionni tark etadigan jamoalarni aniqlash tamoyillarini belgilab olmoqchi.

Agar musobaqalarni yakunlashning iloji bo‘lmasa, UYEFA ayni paytda jadvalda peshqadamlik qilayotgan klublarni chempion sifatida tan olmoqchi. Xuddi shu tamoyil esa kelasi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar aniqlanishi kutilmoqda.

Quyi divizionga tushib ketadigan jamoalar va yuqoriga chiqadigan klublar masalasini esa UYEFA milliy ligalar ixtiyoriga qoldiradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Angliya chempionatida "Liverpul", Ispaniyada "Barselona", Italiyada "Yuventus", Fransiyada "PSJ", Germaniyada "Bavariya" peshqadam bo‘lib turibdi.

Yevropaning top-5 chempionatlari esa Yevro-2020ni boshqa muddatga ko‘chirish orqali, may-iyun oylarida mavsumni yakunlab qo‘yishni istashmoqda.
Manba: championat.com
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.