Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

Millatlar ligasiga qur’a tashlandi

Kecha Amsterdam shahrida Millatlar ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

UYEFA bu galgi musobaqaning formatini o‘zgartirishga qaror qildi. "A", "V" va "S" ligalaridagi ishtirokchi jamoalar soni 16taga yetkazilgan bo‘lsa, "D" ligasida 7ta jamoa qatnashadi. Shu bois, avvalgi musobaqa natijasi bo‘yicha quyi ligaga tushib ketishi kutilgan terma jamoalar o‘z joyida qolishdi.

«A» liga

1-guruh: Polsha, Bosniya i Gersegovina, Italiya, Niderlandiya;

2-guruh: Islandiya, Daniya, Belgiya, Angliya;

3-guruh: Xorvatiya, Shvesiya, Fransiya, Portugaliya;

4-guruh: Germaniya, Ukraina, Ispaniya, Shveysariya.

«V» liga

1-guruh: Ruminiya, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Avstriya;

2-guruh: Isroil, Slovakiya, Shotlandiya, Chexiya;

3-guruh: Vengriya, Tursiya, Serbiya, Rossiya;

4-guruh: Bolgariya, Irlandiya, Finlyandiya, Uels.

«S» liga

1-guruh: Ozarboyjon, Lyuksemburg, Kipr, Chernogoriya;

2-guruh: Armaniston, Estoniya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya;

3-guruh: Moldaviya, Sloveniya, Kosovo, Gresiya;

4-guruh: Qozog‘iston, Litva, Belorussiya, Albaniya.

«D» liga

1-guruh: Malta, Androrra, Farer orollari, Latviya;

2-guruh: San-Marino, Gibraltar, Lixtenshteyn.

Guruh bosqichi o‘yinlari 2020 yilning 3 sentyabridan 17 noyabrigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Millatlar ligasining final bosqichi 2021 yilning 2, 3 va 6 iyun kunlariga belgilangan. Pley-off o‘yinlari esa 2022 yilning 24, 25, 28 va 29 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.


Manba: bombardir.ru
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.