Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

EL-KLASIKO "DAXSHATI"

El klasiko dahshatli o‘tadigan bo‘ldi. Bu hujum bilan "Real"ga qiyindek, bu himoya bilan "Barsa"ga qiyindek... nazdimda..
Messi to‘rt golsiz o‘yinni to‘rtta gol bilan buzdi. El klasikoda ham to‘rtta o‘yinni golsiz o‘tkazibdi. Kimdir shu faktni unga aytib qo‘ymasin-da:)
Zo‘r tomoni, hozirda ikkisida ikki xil kayfiyat hukmronlik qilsa-da, 1 mart kungi bahsni o‘ylaydigan ahvolda emaslar. Setyenni Neapol safari, Zidanni Manchester tashrifi o‘ylantirmoqda: "Qanaqa Klasiko? Keyin bosh qotiramiz..."
El klasikoga "Barselona" bir kun ziyodroq dam olgan holda boradi. YECHL o‘yiniga kamroq taraddud ko‘radi, albatta.
Ikki yengil o‘tishi kutilgan, ammo og‘ir o‘yinlarga aylangan kechalardan so‘ng "Real" chinakamiga ikki og‘ir o‘yinga mezbonlik qiladi. Ikkisida ham g‘alaba uchun saflanishga majbur. Zidan o‘ziga o‘zi qildi.
Klasiko vakillarining kayfiyatini esa ko‘proq kechagi o‘yinlar emas, keyingi haftadagi YECHL o‘yinlarini belgilab berishi qiziq.
Turnir jadvalidagi holat ham oldingi mavsumlardagidek o‘ta farqli emas. Anchadan beri bunaqa intrigali o‘yin kuzatilmagandi.
Xullas, kutamiz va ikki murabbiy singari: "Qanaqa klasiko, avval Neapol va Madrid kechasini o‘tkazib olaylik..." deymiz.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.