Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

Shota Arveladze: «Suv polosini yomon o‘ynamas ekanmiz»

Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» – «Shabob Al-Axli» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 
"G‘alaba bilan barchani tabriklayman. Bu biz uchun mavsumdagi ochilish o‘yini edi va uni muvaffaqiyatli tugatdik. Bu muhim edi. Muxlislarga katta rahmat. Ular kuchli yomg‘ir ostida oxirigacha qo‘llab turishdi. Futbolchilarimga ham yomg‘irda qiyin bo‘lishiga qaramay yaxshi o‘ynashgani uchun katta rahmat aytaman. Darvoqe, suv polosini yomon o‘ynamas ekanmiz (kuladi). Barchaga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman", -deydi Shota Arveladze.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий