Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

OCHL. «Paxtakor» mavsumni g‘alaba bilan boshladi

«Paxtakor» Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ushbu mavsumini g‘alaba bilan boshlashga muvaffaq bo‘ldi. Arveladze shogirdlari yomg‘irli ob-havoda BAAning "Shabab al-Ahli" klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etishga erishdi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida Masharipov raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va darvozabonning oldinga chiqib ketganini ko‘rib, "parashyut" uslubida darvozani ishg‘ol qildi. Ajoyib gol!
Ikkinchi bo‘limda paxtakorchilar xotirjamlika berilishdi. Natijada mehmonlar 67-daqiqada hisobni tenglashtiridi. Jarimadan yo‘llangan zarbani Suyunov qo‘lidan chiqarib yubordi va Pedro Konde darvozani ishg‘ol qildi.
Toshkentliklar esa tezda ikkinchi golni urishdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Cheran yo‘llagan zarba u qadar kuchli chiqmagan bo‘lsa-da, to‘p darvoza burgagiga yumalab kirib ketdi.
Shu tariqa, «Paxtakor» o‘z hisobiga 3 ochkoni qo‘shib qo‘ydi.
OCHL, "V" guruhi, 1-tur
"PAXTAKOR" - "SHABAB AL-AHLI" (BAA) - 2:1
Hakamlar: Adham Muhammad Tuma Mahadmeh, Ahmad Moannes Nadi, Muhammad Mustafo Hassan (barchasi Iordaniya), Sayyodjon Zaynidddinov (Tojikiston).
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimes (S), Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Dostonbek Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev.
"Shabab Al Ahli": Majid Nosir, Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Muhammad Sebil, Yusuf Jaber, Aziz G‘aniyev, Ismoil Alhammadi, Abdulla Naqbi, Majid Hassan, Federiko Kartabiya, Pedro Konde.
Gollar: Jaloliddin Masharipov (18), Dragan Cheran (70) — Pedro Konde (67)
Hakamlar nazoratchisi: Saad Komil Alfadhli (Kuvayt).
Komissar: No Jin Kyun (Koreya).
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий