Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

Odil Ahmedov «Navbahor» muxlislariga murojaat yo‘lladi

So‘nggi paytlarda matbuotda, muxlislar o‘rtasida Odil Ahmedov "Navbahor"ga o‘tar ekan, degan ma’noda xabarlar tarqaldi. Bunga Xitoyda koronavirus infeksiyasining tarqalishi tufayli yarim himoyachining O‘zbekistonga qaytayotgani haqidagi xabar sabab bo‘lishi mumkin.

Ahmedov esa namanganlik ishqibozlarga videomurojaat yo‘lladi.

"Ko‘plab muxlislar yig‘ilib, mening Namanganga kelishimni, "Navbahor" klubi sharafini himoya qilishimni so‘rab murojaat qilishgan videoni ko‘rdim. Ochig‘i, bundan juda xursand bo‘ldim, boshim osmonga yetdi. Buning uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman.

Xudo xohlasa, keyinroq "Navbahor"da o‘ynash niyatim bor. Ammo hozircha buning iloji yo‘qligini barchamiz bilib turibmiz. Chunki klubim bilan amaldagi shartnomam bor. Bu faqat menga bog‘liq narsa emas. Buni to‘g‘ri tushunasizlar, degan umiddaman. Ko‘p muxlislar o‘zimga ham SMSlar yozishyapti. Bunday e’tibor va e’tiirofdan xursand bo‘ldim.

Kelajakda yutuqlarni birgalikda nishonlash nasib etsin. Keyinchalik "Navbahor"da o‘ynash va faoliyatimni Namanganda yakunlash niyatim bor. Yana bir marta rahmat, hurmatli namanganlik muxlislar", — dedi Odil Ahmedov.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий