Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

"Yaralangan bo‘rilar" "kuygan kengurular"ga qarshi

AFCrasmiy sayti O‘zbekiston va Avstraliya olimpiyachilari to‘qnashuvi oldidan o‘yinga qiziqarli prevyu taqdim etdi. Ushbu kichik maqolani saytimiz o‘quvchilari uchun havola etamiz.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi sardori Islomjon Qobilov Tailandda bo‘lib o‘tayotgan musobaqadagi hal qiluvchi uchrashuvda g‘olib chiqishga ishonchi komil ekanligini yashirib o‘tirmayapti.
Ikkita jamoa ham yarim finaldagi omadsizlikdan so‘ng, “Rajamangala” stadionida Olimpiyada yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi. Bu o‘yin ikki yurt vakillaridan biriga hakamning hushtagidan so‘ng, Tokioga chipta buyurtma berish huquqiga ega taqdim etadi.
Islomjon Qobilov boshchiligidagi O‘zbekiston ilk bor musobaqada ishtirok etish imkoniga ega. “oq bo‘rilar” sardorining aytishicha, O‘zbekiston bundan avvalroq Osiyo chempionatida (U 19) Avstraliyani mag‘lub etishni uddalay olgan. Baxraynd davlatida bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbeklar “kengurularni” 3:2 natijasi bilan mag‘lub qilishgan edi. Qobilov o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Bu o‘yin biz uchun finaldan ham muhimroq. Sababi, o‘rtaga olimpiyada yo‘llanmasi tikilgan. Biz ertaga g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. Shunday to‘p suraylik-ki, butun O‘zbekiston biz bilan faxrlansin! Umid qilamanki, bundan 3 yo 4 yil oldingi tarix yana qaytalanadi. Biz o‘shanda Avstraliyani mag‘lub etishni uddalagan edik.”
O‘sha uchrashuvda to‘p surgan futbolchilardan 6 tasi ayni damda O‘zbkiston sharafini himoya qilmoqda. O‘yinlarga asosan zahiradan qo‘shilayotgan Doston Ibragimov esa, Avstraliya darvozasiga ikkita gol kiritishni uddalagan. Bu O‘zbekistonning katta arenalardagi Avstraliya ustidan qozongan kam sonli g‘alabalaridan biri. Avstraliya o‘rta Osiyo davlatlariga qarshi uchrashuvlarda o‘zini juda yaxshi his etadigan jamoa. Qit’a birinchiliklari va turli saralash musobaqalarida bu yurt vakillari Osiyo markazi davlatlari tomonidan katta qarshilikka uchramay kelmqoda.
O‘zbekiston olimpiyachilari ustozi Lyubinko Drulovich Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoasidagi ruhiy holatni yaxshilaganini ma’lum qilmoqda. Uning aytishicha, shanba kuni o‘sha uchrashuvdan to‘g‘ri xulosa chiqargan shogirdlari maydonga tushadi:
“Bizning bu o‘yinga o‘z strategiyalarimiz mavjud. Uchrashuvga yaxshilab tayyorgarlik ko‘ryapmiz. O‘ylagan niyatlarimizni amalga oshirish uchun bizda yetarlicha resurs mavjud. Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda yetarlicha imkoniyatlar yaratdik, biroq vaziyatlardan foyda chiqarishda oqsadik. Bu biz uchun odatiy xol emas. Umid qilamanki, ertaga yaratilgan vaziyatlardan naf chiqara olamiz. Ertaga biz uchun eng muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi va unda g‘alaba qozonish uchun bizning imkoniyatlar ko‘proq. Buni barcha sezib turibdi. O‘z imkoniyatlarimizdan foydalansak, g‘alabani aniq qo‘lga kiritamiz.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий