Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно
GOLLAR.NET
P
  • 21:26 – Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov 
  • 14:23 – Manba: Messi 2021 yilda «Barselona»dan ketadi 
  • 10:25 – Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi 

Lyubinko Drulovich: «Asosiysi keyingi bosqichga chiqdik»

Osiyo chempionati-U23 «S» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Eron jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
«Janubiy Koreya kuchli jamoa. Ularda o‘yin taqdirini hal qiladigan futbolchilar bor. Asosiysi keyingi bosqichga chiqdik. Jismoniy holat? Menimcha, holatimiz unchalik yomon emas. Bizda tiklanish uchun ikki kun vaqt bor edi va bu yetarli vaqt emas. Bu normal holat deb hisoblayman.

Koreya bugun tezkor gol urdi va bu bizning o‘yinimizga ta’sir qildi. Jismoniy holat haqida gapirgandan ko‘ra keyngi bosqichga chiqqanimizni aytmoqchiman. Kuchli jamoalarga qarshi yaxshi o‘ynay olmayapmiz? Bilasizmi, koreyslar bu o‘yinga 7 ta o‘zgarish bilan tushishdi, ammo biz deyarli o‘zgarishsiz o‘ynayapmiz, balki shuning uchun bizda muammolar bo‘lmoqda. Olimpiadada o‘ynash bizning orzumiz. Mag‘lubiyat bizning maqsadimizni o‘zgartimaydi»,— deb murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
рейтинг:
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий